Seni oying dunyodagi eng chiroyli ona (Hikoya)

  • Добавил: Aziz
  • Дата: 9-05-2014, 11:30
  • Комментариев: 0
  • Просмотров: 3040
Ular do'kondan chiqayotib tasodifan bir birlariga to'qnashib ketishdi.. Shu tasodifan to'qnashuv , ko'zlar ko'zlarga tushdi.. Shu on ular nigoxlari ila so'zsiz suhbatlashiwar edi... Eski xotiralar , ularning o'tmishdagi uchrashuvlari ko'z o'ngilaridan birma bir o'tardi.. Ular uchun o'tkan baxtli kunlar , entikib sog'inishlar.. Endi bularning barchasi ularning o'tkan kunlaridan yorqin xotira bo'lib qolgandi.. O'sha baxtli kunlar ila boshlangan kunlarining armonli yakuni.. Ularni endi faqat xotiralar .... xa o'sha baxtli va baxtsiz kunlaridan qolgan xotiralargina bog'lab turardi... Qizni hayoliga esa ularni eng so'ngi uchrashuvlaridagi yigitni so'zlari keldi... "Sen dunyodagi eng chiroyli qizsan bu dunyoda hech nimadan va hech kimdan hafa bo'lmasdan yashawing kerak...'' "Sizzi otiz nima ..??'' dabdurustdan yigitni orqasidan kelgan bolani ovozidan yigit biroz o'ziga keldi.. Orqasiga qaraganida taxminan 5-6 yoshlardagi bolakay savoliga javob kutib qarab turardi. " Meni ismim Firdavs ... seni isming nima bolakay..? " "Meni otim ham Firdavs ... '' Kutilmaganda bolakay yigitni maxkam quchoqlab oldi.. Keyin yugurib onasini oldiga bordi '' Oyi anavi amakini oti ham Firdavs ekan.. Siz u amakini taniysizmi.? " '' Ketdik o'g'lim uyga boraylik...'' u o'g'li bilan do'kondan chiqib ketdi.. "Oyijon anavi amakini quchoqlab turganimda meni qulog'imga bilasizmi nima dedilar..'' Yo'q nima dedi...?'' '' Seni oying dunyodagi eng chiroyli ona uni hech qachon hafa qilmagin deb aytdilar




Внимание
Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.