Alisher Navoiy nomidagi kino saroyida “Ota” badiiy filmining namoyishi bo‘lib o‘tdi

  • Добавил: Aziz
  • Дата: 13-09-2014, 00:17
  • Комментариев: 0
  • Просмотров: 923
www.XITMP3.uz

Alisher Navoiy nomidagi kino saroyida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun “Ota” badiiy filmining namoyishi va film ijodkorlari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi.

“O‘zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasi bo‘yicha “O‘zbekfilm” kinostudiyasida suratga olingan film O‘zbekiston xalqining insonparvarlik, mehr-oqibat, beg‘arazlik va ezgulik kabi xislatlari haqida hikoya qiladi. Chunonchi, filmda otaning farzandga mehr va g‘amxo‘rlik ko‘rsatishi aks ettirilgan.

Filmda zamonaviy texnologiya va yangicha yondashuvlardan foydalanilgan. Unda O‘zbekistonning betakror tabiat manzaralari jozibali aks ettirilgan. Tomoshabinlar film qahramonlarining safari davomida go‘zal tabiat manzaralaridan bahra olishi mumkin.

Film muallifi va postanovkachi rejissyori O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Abduxalil Mengnorov bo‘lib, bosh rollarni Karim Mirhodiyev, Fotih Ochilov, Saydulla Moldaxonov va boshqalar ijro etgan.


manba: Daryo.uz





Комментарии пользователей

Внимание
Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.