Konchita Vurst Yevroparlament binosi oldida konsert beradi

  • Добавил: Aziz
  • Дата: 13-09-2014, 00:36
  • Комментариев: 1
  • Просмотров: 557
www.XITMP3.uz

Eurovision — 2014 g‘olibi Konchita Vurst o‘zining bir soatlik yakkaxon konsertini 8-oktabr kuni Bryusseldagi Yevroparlament binosi oldida taqdim etadi. Bu haqda EUobserver internet portali ma’lumotiga tayanib, “ITAR-TASS” xabar bermoqda.

Vurstga Yevroparlament binosi oldida konsert dasturini taqdim etish g‘oyasi diskriminatsiyaga qarshi kurash kampaniyasini olib borayotgan besh deputatlik fraksiyalari tomonidan taklif etildi.

Xonandaning rasmiy saytidagi konsertlar jadvalida esa hozirga qadar yangi tadbirlar bo‘yicha ma’lumot berilmagan.

Bundan avvalroq, Konchita Vurst konsert dasturi bilan Belgiyaga tashrif buyurgan edi. Biroq Belgiya shimolida joylashgan Antverpen shahrida 10-avgust kechasi kuzatilgan kuchli shamol tufayli markaziy maydonda o‘tkazilayotgan Vurstning konserti to‘xtatilgan edi.

manba: Daryo.uz




Комментарии пользователей

Внимание
Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.