“Aloqabank” “MTS” o‘rniga ochilayotgan yangi operatorga kredit berish masalasini ko‘rib chiqadi

  • Добавил: Aziz
  • Дата: 13-09-2014, 00:39
  • Комментариев: 1
  • Просмотров: 776
www.XITMP3.uz

“Aloqabank” aksiyadorlik kompaniyasi kengashi 2014-yil 20-sentabr kuni bank aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishini ma’lum qildi. Yig‘ilish Mirobod tumanidagi kompaniyaning majlislar zalida soat 09:00 da boshlanadi. Bu haqda “Aloqabank” axborot xizmati xabar bermoqda.

Yig‘ilishda “Aloqabank” AK aksiyadorlari navbatdan tashqari majlisining reglamenti tasdiqlanib, Universal Mobile Systems mas’uliyati cheklangan jamiyatga kredit berish masalasi ko‘rib chiqiladi.

“Aloqabank” aksiyadorlik kompaniyasi kengashining 2014-yil 10-sentabrdagi qaroriga muvofiq, navbatdan tashqari majlisda ishtirok etish huquqiga ega aksiyadorlar ro‘yxati 2014-yil 16-sentabr holatidan kelib chiqib tuziladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “MTS” kompaniyasi O‘zbekiston hukumati bilan murosa bitimi imzolagani, O‘zbekistonda yangi qo‘shma korxona — Universal Mobile Systems tashkil etishi, korxonaning 50,01 foizi “MTS”ga, 49,99 foizi esa O‘zbekiston hukumatiga tegishli bo‘lishi haqida xabar berilgan edi.

UMS’ni ro‘yxatga olish ishlari 25-sentabrga qadar tugallanishi kutilayotgani ma’lum qilingan edi. Bundan tashqari, qo‘shma korxonaning 1-noyabrga qadar texnik, 1-dekabrgacha esa tijoriy ekspluatatsiyani amalga oshirishi rejalashtirilgan.


manba: Daryo.uz




Комментарии пользователей

Внимание
Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.