O‘zbekistonda sotilayotgan Apple smartfon va planshetlarining narxlari aniqlandi

  • Добавил: Aziz
  • Дата: 13-09-2014, 19:56
  • Комментариев: 0
  • Просмотров: 2881
www.XITMP3.uz

“Parol” nashri 13-sentabr holatiga ko‘ra Toshkent shahridagi “Fleshka” savdo majmuasida sotilayotgan 32 gigabayt ichki xotirali Apple smartfon hamda planshetlarining o‘rtacha narxlarini e’lon qildi.

iPhone 4 – 900 000 so‘m
Unda 3,5 dyuymli displey, 512 Mb tezkor va 32 Gb ichki xotira, VGA old va 5 megapikselli orqa kamera, 1 GGs chastotaga ega Apple A4 protsessori, 1420 mA·soat quvvatga ega batareya, iOS 4 operatsion tizimi o‘rnatilgan.

iPhone 4s – 1 350 000 so‘m
Unda 3,5 dyuymli displey, 512 Mb tezkor va 32 Gb ichki xotira, VGA old va 8 megapikselli orqa kamera, 1 GGs chastotaga ega ikki yadroli Apple A5 protsessori, 1432 mA·soat quvvatga ega batareya, iOS 5 operatsion tizimi o‘rnatilgan.

iPhone 5C – 1 450 000 so‘m
Unda 4 dyuymli displey, 1 Gb tezkor va 16 Gb ichki xotira, 1,2 megapikselli old va 8 megapikselli orqa kamera, 1,3 GGs chastotaga ega ikki yadroli Apple A6 protsessori, 1510 mA·soat quvvatga ega batareya, iOS 7 operatsion tizimi o‘rnatilgan.
U boshqa Apple smartfonlaridan farqli – plastmassa korpusga ega. Shuningdek, ushbu ro‘yxatdagilar orasida faqatgina ushbu smartfonning 16 Gb ichki xotirali turining narxi taqdim etildi.

iPhone 5 – 1 800 000 so‘m
Unda 4 dyuymli displey, 1 Gb tezkor va 32 Gb ichki xotira, 1,2 megapikselli old va 8 megapikselli orqa kamera, 1,3 GGs chastotaga ega ikki yadroli Apple A6 protsessori (DDR2), 1440 mA·soat quvvatga ega batareya, iOS 6 operatsion tizimi o‘rnatilgan.

iPhone 5s – 2 000 000 so‘m
Unda 4 dyuymli displey, 1 Gb tezkor 32 Gb ichki xotira, 1,2 megapikselli old va 8 megapikselli orqa kamera, 1,3 GGs chastotaga ega ikki yadroli Apple A7 protsessori (DDR3), 1560 mA·soat quvvatga ega batareya, iOS 7 operatsion tizimi o‘rnatilgan.

iPad Air mini – 1 900 000 so‘m
Unda 7,9 dyuym, 1536 × 2048 pikselli displey, 1 Gb tezkor (DDR3) va 32 Gb ichki xotira, 1,2 megapikselli old va 5 megapikselli orqa kamera, 1,3 GGs chastotaga ega Apple A7 ikki yadroli protsessori, 6300 mA·soat quvvatga ega batareya, iOS 7 operatsion tizimi o‘rnatilgan.

Uning o‘lchamlari 200 × 134,7 × 7,5 millimetrni, og‘irligi esa 341 grammni tashkil etadi.

iPad Air – 2 100 000 so‘m
Unda 9,7 dyuym, 1536 × 2048 pikselli displey, 1 Gb tezkor (DDR3) va 32 Gb ichki xotira, 1,2 megapikselli old va 5 megapikselli orqa kamera, 1,3 GGs chastotaga ega Apple A7 ikki yadroli protsessori, 8600 mA·soat quvvatga ega batareya, iOS 7 operatsion tizimi o‘rnatilgan.

Uning o‘lchamlari 240 × 169,5 × 7,5 millimetrni, og‘irligi esa 478 grammni tashkil etadi.

iPhone 6 smartfonlari / Foto: Phonearena.com

Eslatib o‘tamiz, Apple kompaniyasi 9-sentabr kuni yangi iPhone 6 hamda iPhone 6 Plus smartfonlarini taqdim etgan. Ushbu smartfonlar AQShda shartnomasiz quyidagi narxlarda oldindan buyurtma qilinmoqda:

iPhone 6 smartfoni:
•16 Gb – 649 dollar;
•64 Gb – 749 dollar;
•128 Gb – 849 dollar.
iPhone 6 Plus planshetofoni:
•16 Gb – 749 dollar;
•64 Gb – 849 dollar;
•128 Gb – 949 dollar.
Xabar qilinishicha, Apple bir necha yil oldin kattaroq displeyli iPhone smartfonlarini taqdim etishi mumkin bo‘lgan. Shuningdek, yangi iPhone 6 smartfonlari allaqachon rekord o‘rnatishni boshlagan.

manba: Daryo.uz




Комментарии пользователей

Внимание
Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.