3D printerdan chiqarilgan va haydash mumkin bo‘lgan dunyodagi ilk avtomobil taqdim etildi

  • Добавил: Aziz
  • Дата: 18-09-2014, 01:10
  • Комментариев: 3
  • Просмотров: 1119
www.XITMP3.uz

AQShda bo‘lib o‘tgan IMTS – xalqaro ishlab chiqaruvchilar ko‘rgazmasida 3D printerdan chiqarilgan va haydash mumkin bo‘lgan dunyodagi ilk avtomobil taqdim etildi. Bu haqda Mashable nashri ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.

Bu avtomobil Strati deb nomlanadi va uni Local Motors kompaniyasi ishlab chiqardi. Kompaniya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, yaqin kelajakda o‘zimizga yoqqan avtomobil dizaynini tanlab, buyurtma qilamiz, kun ohirigacha uni ishlab chiqarishadi va biz avtomobilimizni uyga minib ketishimiz mumkin bo‘ladi.

Strati avtomobili elektr yordamida harakatlanadi. U bir marta quvvatlangach 190 kilometr yurishi va 65 km/soat tezlikka chiqishi mumkin. Local Motors rahbari Jey Rojers, Tesla elektr avtomobillarni mashhur qildi, biz esa avtomobilni butunlay o‘zgartirmoqdamiz, deydi.

Ushbu avtomobil loyihasini ishlab chiqish uchun 18 oy vaqt kerak bo‘lgan, 3D printerdan chiqarish uchun esa 44 soat vaqt sarflangan.

Ford Motors kompaniyasi bitta avtomobil ishlab chiqarish uchun 5000–6000 dona detaldan foydalanadi. Strati uchun esa bor-yo‘g‘i 49 ta detal yetarli bo‘lgan va ushbu avtomobil qismlari orasidan motor, o‘rindiq va g‘ildiraklar ham o‘rin egallagan.

Hozirda Strati avtomobillarini katta yo‘llarda haydash uchun ruxsat berilmagan. Ammo yopiq joylarda haydash mumkin. Ushbu avtomobil 2016-yildan sotuvga chiqishi va narxi 18–34 ming dollar atrofida bo‘lishi mumkin.


manba: Daryo.uz




Комментарии пользователей

Внимание
Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.