Toshkentda ilk marta italyan operasi ijrochilari xalqaro musobaqasi o‘tkaziladi

  • Добавил: Aziz
  • Дата: 5-10-2014, 11:25
  • Комментариев: 0
  • Просмотров: 760
www.XITMP3.uz

2014-yil 24-noyabrdan 29-noyabrgacha Toshkentda ilk marotaba 14-xalqaro italyan operasi ijrochilari musobaqasi − “Competizione dell opera” o‘tkaziladi, deb xabar bermoqda Uz24.

Ushbu mashhur opera tanlovining eng muhim va ajralib turadigan jihati nafaqat ko‘plab yuqori darajali xorijlik iste’dodlarning ishtiroki, balki yosh artistlarni imtihondan o‘tkazadigan maxsus tanlangan hakamlar hay’ati hamdir.

Tanlov yarim finali 24-noyabr kuni Toshkent Davlat Konservatoriyasida ro‘yxatdan o‘tish bilan boshlanib, 25—26-noyabr kunlari “Turkiston” san’at saroyida o‘tkaziladi. Final bosqichi 27-noyabr kuni soat 19:00da “Turkiston” saroyida bo‘lib o‘tadi. 29-noyabr kuni soat 19:00da esa “O‘zbekiston” xalqaro forumlar saroyida gala-konsert tashkillashtiriladi.

manba: Daryo.uz




Комментарии пользователей

Внимание
Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.