Qirg‘iz malikasi haqidagi “Qurbonjon dodxoh” filmi “Oskar” mukofoti uchun kurashadi

  • Добавил: Aziz
  • Дата: 11-10-2014, 22:37
  • Комментариев: 0
  • Просмотров: 841
www.XITMP3.uz

Qirg‘iz xalqining tarixiy qahramonlaridan biri – Qurbonjon dodxoh hayotidan hikoya qiluvchi “Qurbonjon dodxoh” (“Kurmanjan Datka”) filmi AQSh kinoakademiyasining “Oskar” mukofoti uchun kurashadi, deya xabar bermoqda “Kun” Tengrinews.kz’ga tayanib.

Rejissor Siddiq Sherniyoz tomonidan suratga olingan filmning Qirg‘izistondagi premyerasi 31-avgustda bo‘lib o‘tgandi. Hozirgi vaqtda film “Oskar”ning “Xorijiy tildagi eng yaxshi film” yo‘nalishi bo‘yicha nomzodlar ro‘yxatiga kiritilgan.

Umuman, hozirgi vaqtda ushbu yo‘nalish bo‘yicha nomzod filmlar soni 100 taga teng bo‘lib, dastlabki saralashdan so‘ng ular soni 50 taga qisqaradi. Eng so‘nggi bosqichda esa “Oskar” haykalchasi uchun faqat to‘qqiz film da’vogarlik qiladi.

“Kurash ancha qizg‘in bo‘ladi, biroq biz kurashamiz. ‘Qurbonjon dodxoh’ Qirg‘izistonda muvaffaqiyatli namoyish etildi. Shu kunlarda filmni Nyu-Yorkda namoyish etamiz, yanada yaqin vaqt ichida esa Rossiya kinoprokatiga chiqamiz”, – dedi Siddiq Sherniyoz.

Qirg‘izistonda suratga olingan film syomkasi uch yil davom etgan, unda 700 nafar aktyor (ommaviy sahnalarida esa, The Guardian ma’lumotiga ko‘ra, 10 ming kishi) ishtirok etgan. Filmni suratga olish uchun Qirg‘iziston byudjetidan 70 million qirg‘iz so‘mi (taxminan 1,5 million dollar) ajratilgan.

Qurbonjon dodxoh Oloy qirg‘izlarining malikasi hisoblanadi. U, XIX asrda erining o‘limidan so‘ng, Qo‘qon xonligi tarkibida qirg‘iz xalqlari ittifoqiga rahbarlik qilib, rus bosqinchilariga qarshi kurashgan.

manba: Daryo.uz





Комментарии пользователей

Внимание
Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.