O‘zbekistonlik rejissor Qamara Kamolova filmi Germaniyadagi xalqaro kinofestival sovrindori bo‘ldi

  • Добавил: Aziz
  • Дата: 27-10-2014, 21:52
  • Комментариев: 0
  • Просмотров: 557
O‘zbekistonlik rejissor Qamara Kamolova filmi Germaniyadagi xalqaro kinofestival sovrindori bo‘ldi

O‘zbekistonlik rejissor va ssenariychi Qamara Kamolovaning “Unutma meni” bolalar uchun filmi Germaniyada 13—18-oktabr kunlari bo‘lib o‘tgan “Shlingel — 2014” bolalar va o‘smirlar xalqaro kinofestivalida “Tomoshabinlar simpatiyasi mukofoti”ni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Podrobno.uz xabar bermoqda.

Ushbu tanlovda Hindiston, Kuba, Eron, Niderlandiya, Belgiya, Lyuksemburg, Irlandiya, Germaniya, Finlyandiya, Ispaniya kabi mamlakatlardan taqdim etilgan o‘nlab bolalar filmlari ishtirok etdi.

Kinofestival tanlov dasturi bolalar, o‘smirlar, yoshlar uchun filmlar, qisqa metrajli va animatsion filmlar kabi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oldi.

Ma’lumot uchun: Qamara Kamolova 1938-yili Buxoro shahrida tug‘ilgan. 1982-yilda “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi” unvoniga ega bo‘lgan. “Achchiq danak”, “Oʻzganing baxti”, “Ertaga chiqasanmi?”, “Nabiramiz militsiyada ishlaydi”, “Boʻlmagan narsa haqida” kabi filmlar muallifidir.


manba: Daryo.uz




Комментарии пользователей

Внимание
Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.



/>waplog
  • cheap nfl jerseys online , cheap football jerseys , buy cheap nfl jerseys , cheap nfl jerseys , cheap nfl jerseys , discount nfl jerseys china , Wholesale cheap mlb jerseys , buy wholesale mlb jerseys credit cards accepted , Cheap wholesale authentic mlb jerseys , nhl jerseys wholesale