Odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi sirdaryolik o‘zining ikki tanishini Rossiyada bepul ishlatdi

  • Добавил: Aziz
  • Дата: 4-11-2014, 01:21
  • Комментариев: 0
  • Просмотров: 1342
Odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi sirdaryolik o‘zining ikki tanishini Rossiyada bepul ishlatdi

Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani Farg‘ona shaharchasida istiqomat qiluvchi fuqaro O‘zbekiston Respublikasidan Rossiya davlatiga ishchi olib kelib ishlatish rejasini tuzib, ikki tanishini Rossiya Federatsiyasining Orenburg shahriga chaqirib oladi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining “Huquq” gazetasi.

Sirdaryolik shaxs tanishlariga kolbasa mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi sexda ishlashlari, har oyda 500 AQSh dollari miqdorida ish haqi olishlari hamda yashash joyi bilan ish beruvchi ta’minlashini aytadi.

Bunga ishongan ikki fuqaro 2012-yilning 31-may kuni yo‘lga chiqib, 2012-yil 2-iyun kuni Orenburg shahriga yetib boradi. Biroq odamfurush ham­yurtlarini o‘ziga tegishli qu­rilish jamoasida ishlashga majbur qiladi. Jabrdiydalar ertalab soat 8:00 dan tungi soat 23:00 ga qadar ishlasa-da, 2012-yilning oktabr oyiga qadar oylik ish haqlarini ololmay, uylariga qaytishga majbur bo‘ladi.

Ular bu haqda tegishli joyga murojaat qiladi. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, odamfurushga nisbatan sud tomonidan tegishli jazo tayinlandi.

manba: Daryo.uz




Комментарии пользователей

Внимание
Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.