“O�zbekfilm” kinostudiyasi tomonidan suratga olingan “Kechikkan hayot” filmi Hindistondagi kinoanjumanda namoyish etildi

  • Добавил: Aziz
  • Дата: 26-11-2014, 01:04
  • Комментариев: 0
  • Просмотров: 1964
“O�zbekfilm” kinostudiyasi tomonidan suratga olingan “Kechikkan hayot” filmi Hindistondagi kinoanjumanda namoyish etildi

Dehli shahrida Hindiston fuqarolik kinoforumi, Hindiston kinoklublari federatsiyasi, Hindiston fotograflari va rassomlari jamiyati tomonidan tashkil etiladigan an’anaviy “Do�stlik” kinofestivalining beshinchi anjumani o’z ishini boshladi. Bu haqda “Jahon” axborot agentligi xabar bermoqda.

Dehlida akkreditatsiyadan o�tgan MDH mamlakatlarining elchixonalari ko�magida tashkil etilgan ushbu tadbirning ochilish marosimida Hindistonning ijtimoiy-siyosiy, madaniy-gumanitar doiralari vakillari, diplomatiya vakolatxonalari rahbarlari, kinomuxlislar va jurnalistlar hozir bo�ldi.

Anjumanda bunday san’at forumlari jahon xalqlari o�rtasidagi do�stlik rishtalarini yanada mustahkamlash hamda o�zaro ishonchni oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Festivalda “O�zbekfilm” kinostudiyasi tomonidan suratga olingan, bir necha xalqaro mukofotlarga sazovor bo�lgan “Kechikkan hayot” filmi (ssenariy muallifi Y. To�ychiyev, rejissor A. Shahobiddinov) namoyish etildi.

Turmushning inson oldiga qo�yadigan vazifalari, orzu va niyatlarning ushalishi yo�lidagi mehnat, hayotda to�g�ri yo�lni tanlashning muhimligi o�ziga xos, yangicha va qiziqarli tarzda, ajoyib obrazlar vositasida ifoda etilgan mazkur asar hindistonlik kino muxlislari va mutaxassislarda katta qiziqish uyg�otdi.

Xususan, Hindiston fotograflari va rassomlari jamiyati prezidenti Vimal Mehtaning fikricha, “Kechikkan hayot” filmi O�zbekistonda ijod qilayotgan yosh rejissor va aktyorlar, ularning mahoratlari, o�zbek kino maktabining bugungi darajasi va erishayotgan yutuqlari haqida atroflicha tasavvur beradi.

Beshinchi “Do�stlik” kinofestivali shu yilning 22-noyabriga qadar davom etadi.

manba: Daryo.uz




Внимание
Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.