Alisher Navoiy nomidagi kino saroyida koreys filmlari festivali boshlandi

  • Добавил: Aziz
  • Дата: 26-11-2014, 01:06
  • Комментариев: 0
  • Просмотров: 1348
Alisher Navoiy nomidagi kino saroyida koreys filmlari festivali boshlandi

Joriy yilning 18-noyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi kino saroyida “Koreya karvoni — Markaziy Osiyo — 2014” tadbirlari doirasida “Koreys filmlari festivali – 2014” boshlandi. B haqda “Kinopanorama.uz” xabar bermoqda.

Festival taniqli koreys kinorejissori Kang Chje Pyuning 1950—53-yillarda bo‘lib o‘tgan koreys urushi vaqtidagi bir oila taqdiriga bag‘ishlangan “38-parallel” filmi bilan ochildi.

Bundan tashqari, o‘zbek tomoshabini kino saroyida turli janrdagi “Yoshlikning qaynoq qoni” (2013, rejissor Li En U), “Yaxshi, yomon, jinni” (2008, rejissor Kim Chji Un), “Meni tut” (2013, rejissor Xyon Chon Li), “Buyuk oshpaz” (2007, rejissor Jen Yun Su) va “Yangi dunyo” (2013, rejissor Pak Xun Jon) badiiy filmlarini tomosha qilish imkoniga ega bo‘ladi.

Shu bilan birga, koreys kinosi kunlari Farg‘ona va Andijon shaharlarida ham 21-noyabrga qadar davom etadi.

“Koreys filmlari festivali — 2014” tashkilotchisi Koreya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, homiysi esa O‘zbekiston Respublikasi hukumatidir. Tadbirlarni o‘tkazishga ushbu mamlakatning Toshkent shahridagi elchixonasi ko‘maklashmoqda.

Eslatib o‘tamiz, “Koreya karvoni — Markaziy Osiyo — 2014” tadbirlari Markaziy Osiyo mintaqasida to‘rtinchi marta (Qozog‘istonda 2012-yil, Qirg‘izistonda 2013-yil), O‘zbekistonda esa ikkinchi marta (2012-yil va hozir) o‘tkazilmoqda. Uning maqsadi Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan Koreya Respublikasi o‘rtasidagi keng ko‘lamli hamkorlikni rivojlantirishdir.

Qayd etilganidek, kinoseanslarga kirish bepul.

manba: Daryo.uz





Комментарии пользователей

Внимание
Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.