Firibgarlar Ulug‘bek Rahmatullayevning 2013-yilgi konserti yozilgan DVD disklarni 2014-yilgi konsert sifatida sotayotgani aniqlandi

  • Добавил: Aziz
  • Дата: 26-11-2014, 01:09
  • Комментариев: 0
  • Просмотров: 2380
Firibgarlar Ulug‘bek Rahmatullayevning 2013-yilgi konserti yozilgan DVD disklarni 2014-yilgi konsert sifatida sotayotgani aniqlandi

Oktyabr oyida o‘zining yakkaxon konsert dasturini taqdim etgan Ulug‘bek Rahmatullayev o‘z muxlislarini bir voqeadan ogoh etish istagi boriligini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Popcorn.uz”.

Ulug‘bek Rahmatullayevning konsertidan avval soxta taklifnomalar tarqalib ketgani haqida xabar berilgan edi. Ana shunga o‘xshagan firibgarlik yana sodir bo‘ldi, deyiladi xabarda.

“Xonandaning muxlislari ayni vaqtda yaqinda taqdim etilgan ‘Shirin orzu’ nomli konsertni videodisklarda tomosha qilishga shoshayotganligi sir emas. Bundan foydalangan soxta ‘tadbirkorlar’ esa xonandaning o‘tgan yilgi konsertini aynan bu yilgi, ya’ni 2014-yilgi konsert dasturi sifatida sotishayotganligiga guvoh bo‘ldik. Bu holat Ulug‘bek Rahmatullayevni ham biroz g‘azablanishga majbur etdi. Shu sabab 2014-yil taqdim etilgan konsertning videotalqinini tez fursat ichida tayyorlashga qaror qildi”, − deb yozadi “Popcorn.uz”.

Xabarda aytilishicha, shu hafta ichida Ulug‘bek Rahmatullayevning “Shirin orzu” deya nomlangan konsert dasturining DVD disklari sotuvga chiqadi. Maxsus litsenziyaga ega bo‘lgan disklarni do‘konlardan qo‘lga kiritish mumkin bo‘ladi.

Bundan tashqari, shu nomdagi yangi albom ham taqdim etilishi kutilmoqda. Audioalbomdan xonandaning eng so‘nggi yaratilgan yangi taronalari joy olgan.

manba: Daryo.uz





Комментарии пользователей

Внимание
Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.