Coca-Cola yangi brend ostida sut ishlab chiqaradi

  • Добавил: Aziz
  • Дата: 26-11-2014, 01:16
  • Комментариев: 0
  • Просмотров: 1998
Coca-Cola yangi brend ostida sut ishlab chiqaradi

AQShning Coca-Cola kompaniyasi yangi brend ostida sut ishlab chiqarishga qaror qildi, deb xabar bermopqda “RBK”. Oddiy sutdan ikki baravar qimmat bo‘ladigan mahsulot dekabr oyi oxirida rastalarda paydo bo‘lishi ko‘zda tutilgan.

FairLife deb nomlanadigan sut tarkibida oddiy mahsulotdagidan 50 foiz ko‘proq protein hamda 30 foiz kamroq shakar borligi aytilgan. Kompaniya vakili yangi brend ajoyib o‘sish salohiyatiga ega bo‘lsada, rivojlanish sekin kechishini aytib o‘tgan.

The Daily Telegraph bergan xabarlarga ko‘ra, AQShda hozirda oddiy sutni ishlab chiqarishda pasayish kuzatilmoqda. Proteinga to‘yintirilgan sutning ommaviyligi esa oshib bormoqda.

manba: Daryo.uz





Комментарии пользователей

Внимание
Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.