O‘zbekistondan ham Google Play’ning kitoblar xizmatidan foydalanish imkoniyati yaratildi

  • Добавил: Aziz
  • Дата: 26-11-2014, 01:21
  • Комментариев: 0
  • Просмотров: 2251
O‘zbekistondan ham Google Play’ning kitoblar xizmatidan foydalanish imkoniyati yaratildi

19-noyabrdan boshlab o‘zbekistonliklar ham Google Play Books xizmatidan foydalanishlari mumkin bo‘ldi. Bu haqda iLike.uz blogi xabar berdi, deb yozadi “Parol” nashri.

Shu paytgacha Google Play’ning mobil dasturlar, o‘yinlar va filmlar xizmatidan o‘zbekistonliklar ham foydalanishi mumkin edi. Endilikda esa Google Play’dan kitoblarni ham bepul yoki xarid qilib olish imkoniyati yaratildi.

Google Play’ning kitoblari rus va ingliz tilida bo‘lib, ularning narxi dollarda ko‘rsatilgan. Kitoblarni veb-brauzerdan yoki iOS va Android uchun mo‘ljallangan mobil dasturdan ko‘chirib olish mumkin.

Biroq, bepul kitoblarni ko‘chirib olish uchun ham kredit karta zarur bo‘ladi. Buning uchun Visa yoki Master Card plastik kartalariga ega bo‘lish zarur. Bunday plastik kartalarni Trastbank yoki Asaka kabi banklardan olish mumkin.

Shuningdek, “Parol” nashrida quyidagi maqolalarni ham o‘qishingiz mumkin:

manba: Daryo.uz





Комментарии пользователей

Внимание
Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.