Ozodbek Nazarbekov yangi konsert dasturini e’lon qildi

  • Добавил: Aziz
  • Дата: 9-01-2014, 22:33
  • Комментариев: 1
  • Просмотров: 1736
XITMP3.uz
O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov 2014-yilgi konsert dasturi kunlarini e’lon qildi. Bu haqda PressNews nashri xabar berdi.
Unga ko‘ra, sevimli san’atkorimizning bu yilgi konsert dasturi “Mening baxtim” deb nomlangan va u 6—23-aprel kunlari “Istiqlol” san’at saroyida bo‘lib o‘tadi.

Qo‘shiqchi yordamchisining ma’lum qilishicha, har yili konsertda 20—25ta yangi qo‘shiq kuylangan bo‘lsa, bu yil 10—15ta yangi qo‘shiq ijro etiladi. Bundan tashqari, konsert dasturidan “xalqimizga tanish bo‘lgan” qo‘shiqlar ham o‘rin oladi.
Avvalroq, mazkur xonandamiz bundan keyin faqat jonli ijroda kuylashga bel bog‘lagani xabar qilingan edi. Ammo Ozodbek Nazarbekovning konserti afishasida unda fonogramma orqali ijro etilishi ma’lum qilingan.




Комментарии пользователей

Внимание
Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.