Lola konsert zaliga samolyotda uchib kiradi

  • Добавил: Aziz
  • Дата: 10-01-2014, 22:23
  • Комментариев: 1
  • Просмотров: 1316
www.XITMP3.uz
Avval xabar berganimizdek, maftunkor xonanda Lolaning “Kel” deb nomlangan yakkaxon konsert dasturi 23—26-yanvar kunlari poytaxtimizdagi “Istiqlol” san’at saroyida bo‘lib o‘tadi. Xonanda 10-yanvar “Poytaxt” biznes markazida o‘zining navbatdagi konserti oldidan OAV xodimlari bilan matbuot anjumani o‘tkazdi. Unda ishtirok etganlar Lolaning ijodi va konsertiga oid o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javob oldilar.
Lola konsertda xorijdan qo‘shiqchi kelishi haqidagi barcha mish-mishlarni rad etdi. Konsert dasturi davomida bitta ham duet bo‘lmasligini ta’kidladi. Tadbirda sirli mehmonlar — Yevroosiyoning taniqli xoreograflari Nizom Karimov va Narimon Grigoryan ishtirok etadi.

Konsert tashkilotchilari anjumanda Lolaning muxlislarini haqiqiy shou kutayotganini aytib o‘tishdi. Kutilayotgan konsertning 5 siri ma’lum bo‘ldi:
Konsert zaliga Lola samolyotda uchib keladi;
Dasturda xonanda yangi, milliy qiyofada namoyon bo ‘ladi;
Konsert to‘rt bo‘limdan iborat bo‘lib, undan 20 ta qo‘shiq o‘rin olgan. Ulardan 13 tasi muxlislar uchun umuman yangi;
Sahna uzunligi 218 metr bo‘lgan ekran bilan bezatiladi;
Konsert kunlari Lolaning yangi “Kel” deb nomlangan albomi taqdimoti ham o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, iqtidorli san’atkor Lola avvalroq “Muloqot” a’zolari savollariga javob bergan edi va “Muloqot” yulduziga aylangan edi.




Комментарии пользователей

Внимание
Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.