Yangi filmda Stiv Jobs rolini Kristian Beyl o‘ynashi mumkin

  • Добавил: Aziz
  • Дата: 22-03-2014, 22:58
  • Комментариев: 0
  • Просмотров: 727
www.XITMP3.uz
Rejissor Devid Fincherning ma’lum qilishicha, Stiv Jobs haqida badiiy filmni suratga olishga bitta shart bilan — bosh rolni Kristian Beyl ijro etsa rozi bo‘ladi. Bu haqda The Wrap sayti yozmoqda.
Sony Pictures kompaniyasi Jobs haqida kartina yaratishni Fincherga taklif etganligi haqida fevralning oxirlarida xabarlar paydo bo‘lgan edi. Ammo hozirgacha bu borada biror rasmiy ma’lumot e’lon qilinmadi.

Apple asoschisi haqidagi yangi kartinaga hozircha rasman nom tanlangani yo‘q. U Uolter Ayzeksonning “Stiv Jobs” nomli kitobi asosida suratga olinadi. Kartinada asosiy e’tibor Jobs karyerasida muhim o‘rin tutgan uchta yangi mahsulot taqdimotiga qaratiladi. Bular – Macintosh va NeXT kompyuterlarining hamda iPod pleyerining taqdimotlaridir (tegishlicha 1984, 1988 va 2001-yillarda bo‘lib o‘tgan).

Stiv Jobs haqida 2013-yilda ham badiiy film ishlangan bo‘lib, unda bosh rolni Eshton Katcher ijro etgan.
Yangi filmning ssenariysi esa Aaron Sorkin qalamiga mansub. U avval ham Fincher bilan hamkorlik qilgan – Facebook asoschisi Mark Sukerberg haqidagi, 2010-yilda ekranlarga chiqqan “Ijtimoiy tarmoq” ular kartinasini birgalikda yaratishgan.

Hozirgi kungacha Kristian Beyl ijrosidagi oxirgi film 2013-yil dekabrda chiqqan “Amerikacha firibgarlik” bo‘lib, aktyor undagi roli uchun “Oskar”ga munosib ko‘rilgan. Biroq Beylning o‘zi bu mukofotni “Dallaslik xaridorlar klubi” kartinasida o‘ynagan Mettyu Makkonaxiga bergan.

manba: Daryo.uz




Комментарии пользователей

Внимание
Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.