Nokia yangi planshet va gigant smartfonlarni taqdim etdi

  • Добавил: Aziz
  • Дата: 27-10-2013, 12:30
  • Комментариев: 11
  • Просмотров: 1225
www.XITMP3.uz
22-oktabr kuni Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida Nokia kompaniyasining har yili o‘tkaziladigan an’anaviy Nokia World anjumani bo‘lib o‘tdi, deya xabar beradi The Verge. Unda Lumia 1520 va Lumia 1320 smartfonlari, Nokia 2520 plansheti namoyish etildi.

Smartfonlar 6 dyuymli ekranga ega bo‘lib, bugungi kunda Windows Phone platformasida ishlaydigan eng katta telefonlar hisoblanadi. Lumia 1520 shuningdek, 1080 pikselli ekranga va Snapdragon to‘rt yadroli protsessorga ega bo‘lgan Microsoft operatsion tizimi bazasidagi birinchi mobil qurilma hamdir. Uning yana bir o‘ziga xos jihati 20 megapikselli kamerasidir.

Lumia 1520 qora, oq, qizil va sariq rangli plastik (polikarbonat) korpuslarda chiqariladi. Smartfon 32 gigabaytli ichki xotira bilan ta’minlanadi. Uning narxi 749 AQSh dollarni tashkil etishi ma’lum qilindi.

Lumia 1320 esa Lumia 1520 ning “kuchsizroq” va arzonroq ko‘rinishidir. Ikki yadroli protsessor, 5 megapikselli kamera va 720 pikselli ekranga ega ushbu smartfonning narxi 339 dollar deb e’lon qilindi.

Nokia World anjumanida Nokia kompaniyasining ilk plansheti — Lumia 2520 ham taqdim etildi. U 10,1 dyuymli ekran (1920×1080 pikselli), to‘rt yadroli Snapdragon 800 protsessori, 2 gigabaytli tezkor va 32 gigabaytli ichki xotiraga ega.

Qurilma Wi-Fi va uyali tarmoqlarga ulana oladi. Planshetga 6,7 megapikselli asosiy kamera va 2 megapikselga ega old kamera o‘rnatilgan. Planshetning og‘irligi 615 gramm, qalinligi 8,9 millimetr bo‘lib, u qora, oq, qizil va ko‘k ranglarda chiqariladi. Narxi AQShda 499 dollarni tashkil etishi kutilmoqda.

Nokia Lumia 2520 uchun klaviaturali g‘ilof chiqarishini ma’lum qildi. U qo‘shimcha akkumulyator va ikkita USB portiga ega bo‘lib, 150 dollar narxda sotiladi.

Eslatib o‘tamiz, 22-oktabr kuni Nokia kompaniyasining asosiy raqibi Apple ham o‘z taqdimotini o‘tkazgan, unda yangi iPad va iPad mini planshetlarini, MacBook noutbuklari, Mac Pro va OS X Mavericks operatsion tizimini namoyish etgan edi.

Manba: Daryo.uz




Комментарии пользователей

Внимание
Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.