Phorce deb nomlanuvchi aqlli sumka ishlab chiqarildi

  • Добавил: Aziz
  • Дата: 8-09-2014, 22:43
  • Комментариев: 0
  • Просмотров: 665
www.XITMP3.uz

Aqlli telefonlar, soatlar, uylar va boshqa buyumlar mavjud. Endilikda esa, aqlli sumka ham ishlab chiqarildi. U Phorce deb nomlanadi va noutbuk, planshet, smartfon kabi gadjetlarni quvvatlay oladi. Bu haqda aqlli sumkaning rasmiy saytidagi ma’lumotlarga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.

Gadjetlarni olib yurish va ularni zaryadlash uchun mo‘ljallangan ushbu sumkadagi zaryad miqdori 14 ta iPhone 5s smartfonini to‘liq quvvatlashga yetadi.

Aqlli sumkani uch xil ko‘rinishda taqib yurish mumkin. Unda har bir – noutbuk, planshet va smartfon gadjetlari uchun alohida joylar ajratilgan. Uning ichida akkumulyator mavjud va undagi uchta USB-port orqali barcha gadjetlarni zaryadlasa bo‘ladi.

Phorce aqlli sumkasining Android va iOS uchun mo‘ljallangan bepul dasturi bor. U orqali sumka to‘liq yoki necha foizi quvvatlanganini bilish mumkin. Agar sumkani yo‘qotib qo‘ysangiz yoki undan uzoqlashsangiz, sumka sizga xabar jo‘natadi.

Aqlli sumka suv o‘tkazmas, qo‘ldan tushib ketganda gadjetlarni himoya qila oluvchi va gadjet displeylarini toza saqlovchi materiallardan qilingan. Uni kichikroq yoki kattaroq qilish ham mumkin.

Phorce sumkasining Mac kompyuterlari uchun mo‘ljallangan turi 775 dollar, boshqa noutbuklar uchun mo‘ljallangan turi esa taxminan 700 dollardan sotiladi.

manba: Daryo.uz





Комментарии пользователей

Внимание
Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.