O‘zbekiston Bosh prokuraturasi shov-shuvli ish tafsilotlatini ma’lum qildi

  • Добавил: Aziz
  • Дата: 8-09-2014, 23:23
  • Комментариев: 0
  • Просмотров: 1264
www.XITMP.uz

Bosh prokuratura tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda N. Sodiqov, R. Madumarov, G. Avakyan va boshqalar tashkil etgan uyushgan jinoiy guruh a’zolariga nisbatan jinoyat ishlari bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Jinoiy guruh faoliyatiga umumiy rahbarlik N. Sodiqov va R. Madumarovlar tomonidan amalga oshirib kelingan. Uyushgan guruh a’zolari 2011—2013-yillar davomida tadbirkorlik faoliyati niqobi ostida shantaj va tovlamachilik yo‘li bilan, shuningdek, hujjatlarni soxtalashtirish orqali tizimli ravishda xo‘jalik sohasidagi jinoyatlarni sodir etish bilan shug‘ullanib, davlatga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan.

Jumladan, jinoiy guruh tomonidan davlat aktivlarini sun’iy pasaytirilgan narxlarda qo‘lga kiritish va boshqa usullar bilan “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAKning 5,5 milliard so‘mlik, “Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston Ltd” MChJ QK ning 11,9 milliard so‘mlik, “Farg‘ona NQIZ” UShKning 40,1 milliard so‘mlik, shuningdek, boshqa korxona va tashkilotlarning 102 milliard so‘mlik aktivlari talon-toroj qilingan va o‘zlashtirilgan.

2014-yil 24-mayda sud tomonidan R. Madumarov, G. Avakyan va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi bo‘yicha ayblov hukmi chiqarilib, ular O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “a, v” bandlari va boshqa moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilib, ularga qonun doirasida jazo tayinlangan.

Bugungi kunda, uyushgan guruh a’zolarining asosiy qismiga nisbatan jinoyat ishlari ko‘rib chiqish uchun sud muhokamasiga yuborilib, ular bo‘yicha sud qarorlari chiqarilishi ta’minlangan.

Uyushgan guruhning qidiruvda bo‘lgan hamda hozirda yetarli materiallar to‘planmagan ayrim a’zolariga nisbatan jinoyat ishining bir qismi alohida ish yurituvga ajratilgan. Xususan, G. Karimova va jinoiy guruh a’zolari A. Gafurova, A. Kurbanov, B. Suleymanov, Sh. Kamildjanov, R. Mustafayevlar haqida so‘z yuritilmoqda.

Tergov harakatlari davomida yetkazilgan iqtisodiy zararni to‘liq qoplanishi yuzasidan choralar ko‘rilmoqda. Hozirgi vaqtda jinoiy guruh a’zolarining O‘zbekistondagi 457 milliard so‘mlik mulklari davlat daromadiga o‘tkazildi.

Tergov natijalariga ko‘ra, uyushgan jinoiy guruhning har bir a’zosiga nisbatan jazo muqarrarligi prinsipining qat’iy qo‘llanilishi ta’minlanadi, deyiladi Bosh prokuratura saytida.


mabnba: Daryo.uz





Комментарии пользователей

Внимание
Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.