TeliaSonera guruhi Ucell’dagi ulushini sotib yubormoqchi — OAV

  • Добавил: Aziz
  • Дата: 8-09-2014, 23:25
  • Комментариев: 0
  • Просмотров: 668
www.XITMP3.uz

Shvetsiya va Finlyandiya hamkorligidagi TeliaSonera guruhi O‘zbekistondagi Coscom MChJ XK daromadlarini konvertatsiya qilish bilan bog‘liq muammolar tufayli kompaniyani sotishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Noviy vek” gazetasi xabar bermoqda.

Ucell savdo belgisi bilan faoliyat yurituvchi Coscom MChJ XK’ni sotish haqidagi qaror o‘tgan hafta TeliaSonera guruhi vitse-prezidenti Erik Xalbergning O‘zbekistonga tashrifi doirasida qabul qilingan, deyiladi xabarda.

OAVlarida ma’lum qilinishicha, Xalberg muzokaralar vaqtida kompaniya mablag‘larini xorijiy valyutaga konvertatsiya qilish masalasini ko‘tarib, bundan keyin ham bu ish amalga oshirilmasa, kompaniya O‘zbekiston bozorini tark etishini ta’kidlagan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, TeliaSonera delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi doirasida Coscom’ni sotish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilingan. Biroq muzokaralar natijalari e’lon qilinmayapti, deb yozadi “Noviy vek” “RIA Novosti” axborot agentligiga asoslanib.

Ta’kidlash joiz, ayni damda Coscom kompaniyasining 94 foiz aksiyasi TeliaSonera’ga, qolgan olti foizi o‘zbekistonlik aksiyadorlarga tegishlidir.

Coscom kompaniyasi xizmatidan foydalanayotganlar soni 2014-yil 1-aprelda 8,463 million kishini tashkil qildi.

Ma’lumot o‘rnida, Beeline kompaniyasi O‘zbekistonda ilk bor LTE texnologiyasi asosida ishlaydigan mobil tarmoqning to‘rtinchi avlodini ishga tushiradi. Sekundiga 70 megabit maksimal tezlikda ishlaydigan 4G tarmog‘i joriy yil yakuniga qadar Toshkent shahridagi markaziy tumanlar — jami 10 foiz hududni qamrab oladi.

Bundan avvalroq, 2014-yil 10-sentabrga qadar yangi Universal Mobile Systems mobil aloqa operatori (Rossiyaning “MTS” va O‘zbekiston hukumati o‘rtasida tashkil etiladigan yangi aloqa operatori)ga O‘zbekiston Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi tomonidan tegishli litsenziya berilishi xabar qilingan edi.


manba: Daryo.uz




Комментарии пользователей

Внимание
Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.